O‘zbekistonda 3 oyda qizlardan ko‘ra o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ildi

Qayd etilishicha, yanvar-mart oylari mobaynida mamlakat bo‘yicha jami 191 086 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Statistik raqamlarga ko‘ra, tug‘ilgan chaqaloqlarning asosiy qismi o‘g‘il bolalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Jumladan, 98,5 ming nafar yoki 51,5 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan bo‘lsa, qiz bolalar soni 92,6 ming nafarga yetgan. Bu esa umumiy ko‘rsatkichning 48,5 foizini tashkil qildi.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, shahar joylarda 93,7 ming nafar chaqaloq tug‘ilgani qayd etildi. Qishloq hududlarida esa bu ko‘rsatkich 97,4 ming nafarni tashkil qilib, umumiy tug‘ilishlarning asosiy ulushini egalladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing