date

Namanganda ekinlarni do‘ldan himoya qilish maqsadida ularni sun'iy zaiflashtirildi

Namanganda ekinlarni do‘ldan himoya qilish maqsadida ularni sun'iy zaiflashtirildi

Namangan viloyatining Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida do‘l jarayonli bulutlarga ta’sir ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi. 1, 11 va 12 may kunlari jami 57 dona “Alazan-6” do‘lga qarshi vositasi qo‘llanilgan.

Natijada hududlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan do‘l jarayoni sun’iy ravishda zaiflashtirilgan. Mutaxassislar bunday choralar qishloq xo‘jaligi ekinlarini do‘lning zararli ta’siridan himoya qilishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi sabab bahor mavsumida kuchli jala, qisqa muddatli yog‘ingarchilik va do‘l hodisalari ko‘paymoqda. Yog‘inlar qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda yog‘ishi sel va suv toshqinlari xavfini oshirmoqda.

“O‘zgidromet” tizimidagi maxsus bo‘linmalar hozirda Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida do‘lga qarshi tadbirlarni davom ettirmoqda. Mutaxassislar bulutlarga ta’sir ko‘rsatilganidan keyin ham ayrim joylarda qisqa muddatli do‘l kuzatilishi mumkinligini eslatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ekinlarni do‘ldan himoya qilish maqsadida ularni sun'iy zaiflashtirildi