"Barselona"ning braziliyalik hujumchisi Neymar kelajakda vataniga qaytishi mumkinligini istisno etmadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Kataloniyaliklar klubiga 2013 yilda Braziliyaning "Santos" klubidan kelib qo‘shilgan va ayni vaqtda 24 yoshda bo‘lgan bu futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
U ta’til vaqtida "Shapekoense" jamoasi xotirasiga bag‘ishlangan xayriya uchrashuvida ishtirok etdi hamda "Marakana" o‘yingohida mahalliy jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Men "Flamengo" safida o‘ynashni istarmidim? Men uchun "Marakana"da muxlislarni quvontirish katta sharaf bo‘ladi. Men bu erda har kuni o‘ynashga tayyorman. "Flamengo" — men kelgusida libosini kiyib o‘ynashni istaydigan klub", degan futbolchi.
"Marakana" o‘yingohi Braziliya terma jamoasi bilan birgalikda Rio-da-Janeyrodagi "Flamengo" va "Fluminense" jamoalarining uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadion hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi
Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin
Ukraina Oliy radasi ikki vazirni ishdan bo‘shatdi
Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi