Tula viloyati gubernatorligi uchun saylovda viloyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelgan, o‘z vaqtida mamlakat prezidenti Vladimir Putinning tansoqchisi bo‘lgan Aleksey Dyumin barcha ovozlar hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin o‘z siyosiy raqiblarini sezilarli farq bilan ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Tula viloyati MSK xabar bergan, deyiladi "Kun" nashrida.
Aniqlik kiritilishicha, Dyumin 84,17 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni KPRF partiyasi a’zosi Oleg Lebedev egallagan (7,53 foiz). Uchinchi o‘rinni «Kommunistы Rossii» vakili Oleg Veselov (3,41 foiz), to‘rtinchi o‘rinni «Rossiyskoy partii pensionerov za spravedlivost» vakili Nikolay Ogolsov (2,92 foiz) band etgan.
Saylovda davomat 45,5 foizni tashkil qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi