8 869
Turkmanobodda barpo etilayotgan Islom Karimov xotira yodgorligi yangi yilga qadar bitkaziladi
Turkmanistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh Lebap viloyati Turkmanobod (avvalgi Chorjo‘y) shahrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida yodgorlik barpo etilmoqda. Yodgorlik o‘rnatiladigan ko‘chaga ham Islom Karimov nomi beriladi.
Mazkur tashabbus Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, yodgorlik Islom Karimovning O‘zbekiston xalqi uchun qilgan hayrli ishlari hamda ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar rivojiga qo‘shgan xissasi sharafiga barpo etiladi.
26-27 noyabr kunlari Ashxabodda bo‘lib o‘tgan Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjumanda ishtirok etib qaytishda bir guruh jurnalistlar qurilish ishlari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shuningdek, yodgorlik loyihasini ham ko‘rishga muyassar bo‘lindi. Quruvchilarning aytishicha, yodgorlik qurilishiga qirqqa yaqin quruvchi jalb etilgan bo‘lib, yangi yilga qadar uning bitkazilishi rejalashtirilgan. Shu bois qurilish ishlari jadallik bilan olib borilayotgan ekan.
Yodgorlik loyihasiga ko‘ra, Birinchi Prezidentimiz monumenti, uning orqasida 6 metrli O‘zbekiston va Turkmaniston bayroqlari o‘rnatilishi hamda yon tomoniga Islom Karimovning ikki davlat do‘stona aloqalarini rivojlantirishga oid aytgan “Biz qadrlashimiz va yuksaltirishimiz zarur bo‘lgan muhim boylik – bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud ishonchdir” degan so‘zlari bitiladi.
26 noyabr kuni Ashxaboddagi anjuman avvalida Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov rahbarligidagi delegasiyaning qurulish ishlari bilan tanishib ketgani ma’lum qilindi.
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga nisbatan qo‘shni Turkmaniston hukumati va xalqining yuksak hurmati uchun ularga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?