Rossiya barcha ehtimoliy tajovuzkor kuchlardan kuchliroq. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin juma kuni tashkil etilgan katta matbuot anjumanida xabar qildi, deya yozadi «Kun.uz» sayti.
«Hech kim AQShda – eng kuchli Harbiy kuchlar borligi haqida gapirmadi. Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq», - deya aytib o‘tdi davlat rahbari The Wall Street Journal jurnalisti savoliga javob berarkan.
Avvalroq, AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bu fikrga qo‘shilmasligi haqida ma’lum qilgandi. «O‘ylashimcha, Qo‘shma Shtatlar Harbiy kuchlaridagi professionallik, bilim va imkoniyatlar borasida umuman bahs qilish yarashmaydi», - deya ta’kidlab o‘tdi u.
Putin 22 dekabr kuni Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Rossiyaning harbiy ustunligi haqida ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat armiya va flotni modernizasiya qilish, qo‘shinlarni tayyorlashdagi ishlarni jadallik bilan olib borishi kerak. Aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, «vaziyat dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni hisobga olgan holda tezkorlik bilan o‘zgarishi mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi