O‘zbekiston prezidenti saylovida g‘olib chiqqan Shavkat Mirziyoyev o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvi vaqtidagi nutqida ovoz berish natijalari uning zimmasiga katta mas’uliyat yuklagani haqida aytib o‘tgan.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod bo‘lgan Shavkat Mirziyoyevni yoqlab saylovchilarning 88,61 foizi, ya’ni, 15,9 million kishi ovoz bergandi. Bu esa unga dastlabki natijalarga ko‘ra g‘oliblikni taqdim etdi.
"Sizning ko‘tarinki kayfiyatingizni ko‘rib, bundan kuch oldim. O‘tgan saylovlarda ulkan siyosiy faollik ko‘rsatdingiz. O‘tgan 25 yil davomida ko‘plab yutuqlarga erishdik. Men O‘zbekiston xalqiga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu raqamlar menga katta mas’uliyat yuklaydi. 88 foiz ovoz olish oson emas, lekin odamlar menga ishonch bildirishdi. Asosiysi — xalq ishonchini oqlash!", — degan saylovda ishonchli g‘alabaga erishgan O‘zbekistonning yangi prezidenti o‘zining 5 mingga yaqin tarafdorlari to‘plangan "O‘zekspomarkaz"dagi uchrashuvda.
U shuningdek, saylovda o‘ziga munosib raqib bo‘lgan boshqa nomzodlarga minnatdorchilik bildirgan.
Mirziyoyev shuningdek, "saylovchilar bilan uchrashganida ularning ko‘zidan ular nima o‘ylayotganini bilib turishi" haqida gapirgan.
"Odamlar juda ko‘p narsani xohlashadi - tinchlik, farovonlik va mamlakat taraqqiyotini", degan u.
Yangi prezident ayni vaqtda respublikaning turli viloyatlarda tashkil etilgan mitinglar ishtirokchilariga videomurojaat orqali minnatdorchilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi