Xitoy moliya vaziri o‘rinbosari Chju Guan’yao AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp olib borayotgan siyosat mamlakatlar o‘rtasida savdo urushlariga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
«Xitoy savdo urushlari ro‘y bersa, javob choralarini qo‘llaydi. Ular esa AQShda ish o‘rinlarini qisqarishiga olib keladi. Biroq, biz bu sodir bo‘lishini xohlamaymiz, sababi u har ikki tomonga ham zarar keltiradi», - dedi amaldor.
Uning fikricha, savdo urushlarining davomiyligi bir yildan oshmaydi. Guan’yaoning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga umid qilmoqda.
Tramp bir necha bor AQShda Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga maxsus bojlar solinishi kerakligini ma’lum qilgan. Uning fikricha, bu XXRni yuan kursini oshirishiga majburlaydi. Shuningdek, respublikachi bir necha marta Pekinni AQShning iqtisodiy dushmani deb atagan. Bu ushbu davlatning valyuta siyosati bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, Trampning inaugurasiyasi 2017 yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. U AQSh prezidenti lavozimida demokrat Barak Obamani alishtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi