Bugungi kunda Qozog‘istonning GM Uzbekistan bilan hamkorligi katta istiqbollarga ega. Bu haqda Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerik Utembayev Andijon viloyatiga ishchi safari chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “Daryo.uz” “Kazinform”ga tayanib.
“Biz qo‘shma hamkorlikning ikkinchi bosqichiga chiqdik — bu avtomobil tarkibiy qismlari bazasini rivojlantirish uchun ma’lum sharoitlarni yaratish. O‘tgan yili Ravon rusumidagi mashinalarni yig‘ish bo‘yicha yaxshi poydevor qo‘yilgan edi, u bizning bozorlarimizda raqobatbardoshliligini isbotladi”, — dedi Utembayev.
“GM Uzbekistan bilan sheriklikni biz uzoq muddatli va strategik loyiha sifatida ko‘rmoqdamiz. Ayni paytda yiliga 7 mingtagacha avtomobil yig‘ish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Joriy yilda lineykani Ravon R2 va Ravon R4 modellari bilan kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
“Biz shunchaki avtomashinalar yig‘ish masalasini muhokama qilmayapmiz, umuman, qo‘shma avtomobil sanoatini yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Allaqachon qishloq xo‘jalik mashinalari klasterini yaratish haqida kelishuvga erishilgan… Biz Qozog‘istonning bir nechta hududlarini avtomobil tarkibiy qismlari bazasi bo‘yicha ishlash uchun ko‘rib chiqmoqdamiz”, — deya xulosa qildi Qozog‘iston elchisi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi