Rossiya bozorida Ravon avtomobillari 9 oydan beri sotilmayapti

  • 07 mart 2019, 14:05
  • 5 042
  • Avto
  • Rossiya bozorida Ravon avtomobillari 9 oydan beri sotilmayapti
    Yevropa biznesi uyushmasining maʼlumotlariga koʻra, Ravon Rossiyada toʻqqiz oydan beri avtomobillar sotmayapti.

    2019 yilning fevralida kompaniya bitta ham avtomobil sotmagan, sababi ular hali ham savdoda yoʻq. Kompaniyaning bozordagi ulushi 0 foizga tushib ketdi. 2018 yil fevralida esa bu koʻrsatkich 1,1 foizni tashkil etgandi.

    Bunday pasayish shu bilan izohlanadiki, Ravon Rossiyada avtomobillarni soʻnggi bor 2018 yilning may oyida sotgan. Oʻshanda ular Rossiyadagi aksariyat dilerlik markazlaridan yoʻqolib qoldi. Taqqoslash uchun: 2018 yilning fevral oyida Ravon 1,5 mingga yaqin avtomobil sotdi.

    Oʻzbekiston 2018 yil oʻrtalarida avtomobil eksportini toʻxtatdi. Yil oxiriga kelib, “Oʻzavtosanoat” xorijiy bozorlar konyukturasini oʻrganish maqsadida avtomobillar partiyasi joʻnatilganini xabar berdi, ammo ular hali sotuvga chiqarilmagan.

    » » Rossiya bozorida Ravon avtomobillari 9 oydan beri sotilmayapti