10:10 / 27.04.2024
108

ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan

ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan
Foto: iStock
Prezident farmoni bilan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga ko‘ra, mazkur farmon mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, farmon tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va lotereyalarni tashkil etish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Farmonni tayyorlash jarayonida Singapur, Vengriya, Janubiy Koreya, Gruziya va boshqa bir qator davlatlarning tajribasi o‘rganilgan.

Ta’kidlanishicha, hujjatda nazarda tutilgan choralar, birinchi navbatda, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, shuningdek, mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan. Xususan, farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlar milliy provayderlarning tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va ular faoliyatini monitoring qilish, o‘yinlarga haddan tashqari qaram bo‘lgan shaxslarni va ayrim toifadagi fuqarolarni o‘yinlarda qatnashishdan himoya qilish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish mexanizmlarini joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Farmonning amalga oshirilishi internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar, bukmekerlik faoliyati va lotereyalar tashkil etish bilan bog‘liq faoliyatni huquqiy tartibga solish uchun ishonchli asos yaratadi, qonuniy ravishda tashkil etilgan o‘yinlarda ishtirok etayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va qimor o‘yinlariga qaramlikka qarshi kurashning samarali mexanizmlarini joriy etadi, shuningdek, davlat budjetiga turli ijtimoiy maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha daromad manbalarini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprel oyida prezident qarori bilan maxsus ishchi guruh tashkil qilingan holda 2023 yil yakuniga qadar ilg‘or xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan