19:23 / 15.03.2019
4 798

Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish oʻtgan yilga nisbatan 51 foizga oshdi

Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish oʻtgan yilga nisbatan 51 foizga oshdi
2019 yilning birinchi ikki oyida avtomobillar ishlab chiqarish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 51 foizga oshdi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak beryapti.

Agar 2018 yil yanvar-fevral oyida 25,5 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkich 38,6 mingdan oshdi. Yuk mashinalari ishlab chiqarish 2,6 barobarga koʻpaygan (296 donadan 782 donagacha), avtobuslar esa - 2,1 marta (94 donadan 194 donagacha).

Shu bilan birga, deyarli barcha avtomobillar mamlakat ichida qolmoqda, sababi Oʻzbekiston eksportni keskin qisqartirdi. Misol uchun, yanvar oyida chet elga 200 ming dollarlik avtomobillar sotildi. Bu 2018 yil yanvariga nisbatan 98%ga kam.

Asosiy sabab - avtomobil sanoatining yangi siyosati, u tashqi bozorda tannarxidan arzon narxda avtomobillar sotishdan voz kechdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish oʻtgan yilga nisbatan 51 foizga oshdi