GM Uzbekistan Navroʻz bayrami munosabati bilan Malibu va Tracker avtomobillariga 3 foizli chegirma eʼlon qildi.
Kompaniyaning maʼlum qilishicha, aksiya joriy yilning 19 martidan eʼtiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirgan holda ushbu avtomobillarni xarid qilish istagida boʻlgan mijozlarga taqdim etiladi. Aksiya joriy yilning 31 martiga qadar amal qiladi.
Bundan tashqari bugungi kunda kompaniya foizsiz muddatli toʻlovga ham ushbu modeldagi avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda. Unga koʻra, xaridor 215 mln soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga Malibu Turbo, 190 mln soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga Malibu, hamda 128 mln soʻm boshlangʻich toʻlov evaziga Chevrolet Tracker xarid qilib, avtomobilning qolgan summasini 2 yil davomida foizsiz boʻlib toʻlash imkoniga ega boʻladi.
Avtomobilni muddatli toʻlovga xarid qilgan mijozlarga 3 foizli chegirma amal qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi