21:10 / 19.08.2018
8 238

Asal Shodiyevaning sochini kestirgan film prodyuseri haqida (video)

Asal Shodiyevaning sochini kestirgan film prodyuseri haqida (video)
Foto: “Daryo”
Aktrisa Asal Shodiyeva “Islomxo‘ja” filmining yopiq premyerasi arafasida “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Aktrisa intervyu davomida qaysidir film uchun kasting topshirgani, kastingdan o‘tib, hattoki film uchun sochini ham kestirgani, biroq film rejissyori o‘zgargach, filmda rol ijro etish Asal Shodiyevaga emas, boshqa aktrisaga topshirilgani haqida gapirib berdi.

Kimligini aytsam xunuk ish bo‘ladi. Odamlarni noqulay ahvolga solishni, ‘ey, Asal bunaqa debdi’, degan gapni ham yomon ko‘raman. Ha, shunaqa bo‘lgan. Men hech kimdan xafa bo‘lmayman. Prodyuserimiz bitta odam bo‘lgan. Prodyuser rejissyorni almashtirgan, rejissyor esa aktrisani almashtirgan. Hamma o‘ziga to‘g‘ri keladigan inson bilan, jamoa bilan ishlaydi, balki o‘sha rejissyor o‘sha filmda meni ko‘rmagandir. Prodyuser o‘zini ishini qiladi, rejissyor o‘zining ishiga javob berishi kerak. Bundan xafa bo‘ladigan bo‘lsang, unda faqat o‘ziningni o‘ylaydigan odam bo‘lib qolasan.

Asal Shodiyeva, aktrisa

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Asal Shodiyevaning sochini kestirgan film prodyuseri haqida (video)