28 fevralga o‘tar kechasi Moskva shahrida mashhur siyosiy shaxs Boris Nemsov yollanma qotillar tomonidan o‘ldirib ketildi. Ayni vaqtda shaharda yo‘llar to‘sib qo‘yilib, jinoyatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, shaharning Katta Moskvoreskogo ko‘prigida bosqinchilar 4ta o‘q bilan uni o‘ldirishgan va voqea joyidan jo‘nab ketishgan.
Guvohlarning aytishicha bu jinoyatchilar davlat raqami taqilmagan oq rangli mashinada bo‘lishgan.
Voqea joyiga Moskva IIB boshlig‘i Anatoliy Yakuninning shaxsan o‘zi etib borgan hamda vaziyat haqida mamlakat Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokol’sevga axborot bergan.
Muxolifatchilarning yana bir etakchisi Ilya Yashin ham bu ma’lumotni tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, Nemsov iqtisodiy inqiroz holatiga qarshi 1 mart kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan “Vesna” marshi tashkilotchilaridan biri edi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
“O‘zgidromet” 11 may kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi
Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi?
Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi