Xanchjouda Putin va Obama uchrashuvi boshlandi

  • 05 sentyabr 2016, 13:05
  • 5 892
  • Dunyo
  • Xanchjouda Putin va Obama uchrashuvi boshlandi

    Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan "katta yigirmalik" sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Barak Obamaning o‘zaro uchrashuvi boshlandi, deb xabar qilmoqda jahon OAV.

    Uchrashuv Xanchjoudagi Xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tmoqda. Putin va Obama qo‘l berib ko‘rishgach, muzokaralarni boshlashgan.

    Davlat rahbarlari uchrashuvida Rossiya tomonidan prezident yordamchisi Yuriy Ushakov, matbuot kotibi Dmitriy Peskov va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashmoqda. AQSh delegasiyasi tarkibida Jon Kerri ishtirok etayapti.

    Avvalroq, Dmitriy Peskov ma’lum qilganidek, Putin va Obama muzokaralarida asosan Suriyadagi vaziyat muhokama etiladi.

    RIA Novostining Rossiya delegasiyasidagi manbasiga ko‘ra, uchrashuv o‘tkazishni Obama taklif etgan.

    Kuni kecha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya muammosini muhokama etishgan edi. Blumberg agentligiga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erisha olmaganlar.

    Manba: Kun.uz

    » » Xanchjouda Putin va Obama uchrashuvi boshlandi