Ramzan Kadirov Grozniyga hujum qilgan jangarilar Doku Umarov guruhidan deb hisoblamoqda

  • 5-12-2014, 14:23
  • 3 420
  • Dunyo
  • Ramzan Kadirov Grozniyga hujum qilgan jangarilar Doku Umarov guruhidan deb hisoblamoqda

    Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Kadirov Grozniyda polisiyachilarga hujum qilganlar chechen terrorchilarining muqaddam o‘ldirilgan rahbari Doku Umarovning akasiga tegishli odamlar ekanini tasdiqlovchi ma’lumotga egaligini bildirdi, deb yozadi «Kun.uz».

    Qodirovning aytishicha, hukumat jangarilarning respublika poytaxtida terakt sodir etish rejasidan boxabar bo‘lgan, biroq aniq sanani bilmagan. “Bizda Doku Umarovning akasidan qolgan videoyozuv bor. Ular o‘zlarida borini yig‘ib, bu yigitlarni Grozniy shahriga to‘polon ko‘tarish uchun jo‘natishgan. Biz ularni 12-dekabrda (Respublika Konstitusiyasi kuni) to‘polon ko‘taradi deb o‘ylagandik, ular esa ertaroq kelishdi”, — dedi Qodirov “Rossiya 24” telekanali efirida.

    4 dekabrda Grozniyda o‘tkazilgan maxsus operasiya davomida respublika polisiyasining o‘n nafar xodimi halok bo‘ldi, yana 28 nafari yaralandi. Yana bir fuqaroning ham o‘lgani ma’lum bo‘ldi
    Eslatib o‘tamiz, Doku Umarov — Abu Usmon 2013 yilning so‘ngiga qadar Shimoliy Kavkazdagi terrorchilar to‘daning boshliqlaridan biri bo‘lgan. Birinchi va ikkinchi chechen kampaniyalari davrida separatchilar tomonida jangovar harakatlarda faol qatnashgan. U bir nechta terrorchilik harakatlari, jumladan, 2010 yil Moskva metropolitenida va 2011 yilda Domodedovoda amalga oshirilgan teraktlarga javobgar ekanligini tan olgan. 2010 yil iyunda AQSh Umarovni xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan. 2014 yil bahorda terrorchining o‘ldirilgani rasman tasdiqlangan edi.

    Foto: Said Sarnaev / RIA Novosti

    » » Ramzan Kadirov Grozniyga hujum qilgan jangarilar Doku Umarov guruhidan deb hisoblamoqda