Bishkekning Birinchi may tumani sudi 26 fevralda qo‘lga olingan, "Ata-Meken" ("Ota makon") partiyasi etakchisi va parlamentdagi shu nomdagi fraksiya rahbari Omurbek Tekebaevga nisbatan ehtiyot chorasi tayinladi.
Sud qaroriga ko‘ra, muxolifat etakchisi Tekebaev ikki oyga hibsga olindi. Siyosatchi Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasining tergov izolyatorida ushlab turilibdi.
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yilda Qirg‘izistonning muvaqqat hukumati raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Tekebaev rossiyalik tadbirkordan "unga ustunliklar berilishi" uchun 1 mln dollar olgan. Bir qator telekommunikasiya kompaniyalariga ega bo‘lgan rossiyalik bu pullarga Qirg‘izistonda uyali aloqa xizmatlarini taqdim qiluvchi "Alfa telekom"ning 10-15 foiz aksiyasini olishga umid qilgan.
Ta’kidlanishicha, Tekebaev olgan pullari uchun o‘z zimmasiga olgan "majburiyatlarni" bajarmagan hamda pullarni qaytarishdan bosh tortgan. Boz ustiga u rossiyalikka yo‘q qilib yuborish bilan tahdid qilgan. Bu jinoiy ish bo‘yicha, shuningdek, Tekebaevning safdoshi, Qirg‘izistonning Janubiy Koreyadagi sobiq elchisi Duyshen Chotonov ham qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?