Xitoy o‘zining maxsus ma’muriy hududi bo‘lgan Hongkongga nisbatan "bir davlat – ikki tizim" tamoyiliga amal qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deb aytdi Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan.
"Biz Hongkongni uning aholisining o‘zi boshqarishiga asoslanib, "bir davlat – ikki tizim" tamoyilini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz", deb aytdi Kesyan.
U shu bilan birga "Hongkong mustaqilligi" haqidagi shiorlar istiqbolga ega emasligini aytgan.
Hongkong Buyuk Britaniya boshqaruvidan Xitoy tasarrufiga 1997 yilda o‘tgan. Aynan o‘shanda "bir davlat – ikki tizim" tamoyili e’lon qilingan va unga ko‘ra Hongkong keng muxtoriyatga ega.
Kesyanning ta’kidlashicha, Xitoy yana bir hududi bo‘lgan Tayvan mustaqilligiga ham yo‘l qo‘ymaydi va tomonlar 1992 yilda erishgan konsensusga amal qiladi.
Xitoy bosh vazirining aytishicha, Pekin Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni avaylaydi. "Biz Tayvan mustaqilligiga qaratilgan ayirmachilik faoliyatiga qat’iyan qarshimiz va bunday faoliyatni bostirish uchun qat’iy choralar ko‘ramiz", deb ogohlantirgan Kesyan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi