09:46 / 25.03.2017
5 481

Qozondagi porox zavodida yong‘in chiqdi

Qozondagi porox zavodida yong‘in chiqdi
24 mart kuni Tatariston poytaxti Qozondagi porox zavodida yong‘in chiqdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.

Yong‘in haqidagi xabar Moskva vaqti bilan soat 20.27da kelib tushgan. 400 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in tayyor mahsulotlar sehida boshlangan.

Prokuratura ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Qozondagi porox zavodi Rossiyadagi eng qadimgi porox zavodi hisoblanadi. Zavodda ishlab chiqariluvchi asosiy mahsulotlar porox va o‘qotar, aviasiya, dengiz, artilleriya, tank qurollari, yaqin masofadan jang qilish tizimlari, sport va ov o‘qlarining otuvchi zaryadlari hisoblanadi.

Zavodga 1788 yil asos solingan. U faoliyati davomida bir necha marotaba yong‘in ichida qolgan. Zavodda 1917 yilda sodir bo‘lgan yong‘in eng vayronakori hisoblanadi. "Qozon fojiasi" deb nom olgan bu falokatda zavodning ko‘plab ishchilari va yon-atrofdagi aholi jabr ko‘rgan, zavod direktori general-leytenant V.V.Lukniskiy halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozondagi porox zavodida yong‘in chiqdi