Nepalda yovvoyi filning hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

  • 06 aprel 2017, 08:30
  • 5 221
  • Dunyo
  • Nepalning Saptari okrugida yovvoyi filning hujumi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Kathmandu Postga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
    Nepalda yovvoyi filning hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, fil shahar bozoriga kirib kelgan, bu holat odamlar orasida vahimaga sabab bo‘lgan. Odamlar jonivorni haydashga uringan, shundan so‘ng fil ularga hujum qilishni boshlagan.

    Ikki soatdan so‘ng filni Koshi daryosiga haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fil shahardan 15 kilometr masofada joylashgan Koshi Tappu yovvoyi tabiat qo‘riqxonasidan kelgan.

    «Yovvoyi fil shaharga kirib kelgan vaqti biz dahshatga tushdik. U tor ko‘chada chiqish joyini topolmay, odamlarga hujum qilishni boshladi», — dedi hodisa guvohlaridan biri.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Nepalda yovvoyi filning hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi