Misrning Tanta shahridagi cherkovda ro‘y bergan portlashda qurbonlari soni 30 nafarga etdi. Bu haqida "Al-Mayadin" telekanaliga asoslanib "Kun.uz" xabar berdi.
Bugun, 9 aprel yakshanba kuni Misrning G‘arbiya provinsiyasidagi Tanta shahrida cherkov xizmati vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma ibodat qiluvchilar joylashgan zalda bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash xudkush tomonidan amalga oshirilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, cherkovdagi portlashdan keyin Tantadagi polisiya o‘quv markazida yana bir portlash sodir etilgan. Mahalliy OAVga ko‘ra, u erda bir polisiyachi halok bo‘lgan. Ba’zi ommaviy axborot vositalari esa ikkinchi portlash haqidagi xabarni inkor etmoqda.
Tergovchilar videokuzatuv kameralari yozuvlarini qo‘lga kiritishgan, portlash sodir etilgan hududlar o‘rab olingan. Mamlakat prezidenti Abdul Fattoh As-Sisiy jabrlanganlarni qabul qiluvchi harbiy gospitallar ochish topshirig‘ini berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi