Xitoy hukumati AQShga moliyaviy sohadagi bozorga erkin kirish va mol go‘shtini eksport qilish imkonini berishi mumkin. Bu mamlakatlarga savdo urushiga kirishmaslikda yordam beradi, deya yozadi Financial Times nashri tomonlar muzokarasida ishtirok etgan rasmiy shaxslarga asosan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy xalq respublikasi raisi Sin Szinpin bilan o‘tgan haftada uchrashdi. Uning davomida savdo bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish kerakligi haqida kelishib olindi. Ta’kidlanishicha, Xitoy AQShga ikki masala bo‘yicha bir qadar yo‘l berishi mumkin. Ular moliya va mol go‘shtiga aloqador.
"Xitoy ikki tomonlama sarmoyalar haqidagi shartnomaga rozi edi, biroq muzokaralar Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin chetga surib qo‘yildi. Agarda Obama yana olti oy prezident bo‘lib turganida, biz maqsadga erishgan bo‘lardik", - deya ma’lum qildi Xitoy hukumatining o‘z nomini oshkor etishga istamagan vakili.
Rasmiy shaxslarning xabar berishicha, Xitoy 2003 yildan beri amalda bo‘lgan mol go‘shti importiga qo‘yilgan taqiqlovni bekor qilishi, shuningdek, savdo nisbati bilan bog‘liq keskinlik tufayli ko‘proq g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Xitoy va AQSh 2008 yildan beri ikki tomonlama sarmoyalar haqidagi bitimga erishish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu bitim o‘zaro sarmoyaviy faoliyat qoidalarini o‘rnatishga yordam beradi. Shuningdek, u Amerika kompaniyalariga Xitoy bozoriga yanada erkinroq kirish imkonini ham taqdim etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»