date

Eron Oliy rahbari AQSH taklifini keskin rad etdi

Eron Oliy rahbari AQSH taklifini keskin rad etdi

Reuters agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy AQSH tomonidan mojaroni yumshatish yoki tinchlikka erishishga qaratilgan takliflarni qabul qilmadi.

Manba ta’kidlashicha, Eronga ushbu taklif ikki vositachi davlat orqali yetkazilgan. Ismi ochiqlanmagan eronlik rasmiy manbaning bildirishicha, ushbu tashabbus AQSH bilan keskinlikni pasaytirish yoki muzokaralarni boshlash imkoniyatini o‘z ichiga olgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, tashqi siyosatga bag‘ishlangan dastlabki uchrashuvlardan birida Mujtabo Xomanaiyning AQSH va Isroilga nisbatan pozitsiyasi “juda qat’iy va jiddiy” ekani alohida qayd etilgan.

Shu bilan birga, mazkur uchrashuvda Xomanaiy shaxsan ishtirok etgan-etmagani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Reuters qayd etishicha, vositachilar orqali yuborilgan taklif Eron va AQSH o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish hamda ehtimoliy kelishuv variantlarini muhokama qilishga qaratilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron Oliy rahbari AQSH taklifini keskin rad etdi