11:58 / 16.05.2017
6 268

"Qaroqchini o‘g‘ri urdi": xakerlar Walt Disney filmini o‘g‘irlab, u uchun katta pul talab qilishmoqda

"Qaroqchini o‘g‘ri urdi": xakerlar Walt Disney filmini o‘g‘irlab, u uchun katta pul talab qilishmoqda
Xakerlar AQShning The Walt Disney kinostudiyasining yaqinda ekranlarga chiqishi kerak bo‘lgan filmini o‘g‘irlab, uni internetga joylashtirish bilan tahdid qilishmoqda. Bu haqda kompaniya prezidenti Robert Aygerga iqtibos keltirgan holda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Aygerning aytishicha, xakerlar kompaniyadan filmni qaytarib berish uchun tovon puli sifatida bitkoinlarda katta pul talab qilishmoqda. Aks holda ular dastlab filmning 5 daqiqalik parchasini, so‘ngra esa so‘ralayotgan pul berilmaguncha 20 daqiqalik parchalarini joylashtirish bilan tahdid qilishmoqda. Biroq Ayger gap qanday film haqida ketayotganini ma’lum qilmadi.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya pul to‘lashdan bosh tortgan. Ushbu voqeani tergov qilishga federal tergovchilar jalb qilingan.

Shunisi, ma’lumki yaqin orada kinokompaniyaning "Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar ertak aytmaydilar" hamda "Mashinalar-3" filmlari ekranga chiqishi kerak. Bundan tashqari, xakerlar qo‘liga "Yulduzli janglar: So‘nggi jeday" filmi materiallari tushgani ham aytilayotgandi, biroq bu taxminlar rad etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Qaroqchini o‘g‘ri urdi": xakerlar Walt Disney filmini o‘g‘irlab, u uchun katta pul talab qilishmoqda