8 439
Tramp Qatar amiri bilan suhbatda inqirozni bartaraf etishga yordam berish taklifi bilan chiqdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Qatar amiri Tamim bin Xamad al-Tani bilan telefon orqali muloqotda bo‘lar ekan, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etishda yordam berishga tayyorligini bildirdi. U arab rahbarlarini Oq uyda uchrashtirish taklifi bilan chiqdi.
U Qatarga murojaat qilib, “islomchilar”ni moliya bilan ta’minlashga barxam berish ustida ishlashga chaqirdi.
Kuni kecha Tramp tvitterda Qatarning yakkalab qo‘yilishi “terrorizm dahshatlari yakunining boshlanishi” ekanligini ta’kidladi. Shunga qaramay, AQSh mudofaa vazirligi Pentagonning Qatarga nisbatan siyosati o‘zgarmay qolishi haqida bayonot berdi. Bu idora Trampning so‘zlariga izoh bermadi.
5 iyun kuni Misr, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Liviya Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Arab rahbarlarining bayonotlariga qaraganda, Doxa Eron va radikal islomchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda ekan. Qatar rasmiylari diplomatik aloqalarning uzish to‘g‘risidagi qaror asosga ega emasligini, terrorizmni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi iddaolar esa isbotlanmaganligini aytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi