Rossiyalik muxolifatchi, Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi rahbari Aleksey Navalniy 25 sutkalik qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqdi.
«Bugun Aleksey Navalniy Moskvadagi maxsus saqlash joyidan qo‘yib yuborildi», deyilgan «Interfaks» xabarida.
O‘tgan oy boshida sud uni ruxsat olinmagan norozilik namoyishini tashkil etishda aybdor deb topgandi. Navalniy bundan avval ham shu kabi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandi.
Navalniy 13 iyun kuni Rossiya Federasiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksi 20.2-moddasi 8-qismi (miting tashkil etish yoki uni o‘tkazishning belgilangan tartibini takroran buzish) bo‘yicha aybdor deb topilgan va 30 kunga qamalgandi. Keyinroq, 16 iyun kuni Moskva shahar sudi unga belgilangan jazo muddatini 5 sutkaga qisqartirdi.
11 iyun kuni Navalniy Moskva shahridagi Akademik Saxarov prospektida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiyani bekor qilgan va tarafdorlarini hukumat bilan kelishmagan holda Rossiya kuni bayrami nishonlanayotgan Tverskaya ko‘chasiga chaqirgandi.
Navalniyning tarafdorlari shanba kuni siyosatchini qo‘llab-quvvatlab, bir qator tadbirlar uyushtirishni rejalashtirishgan, jumaladan, uning ilk saylovoldi gazetasi chiqariladi.
Tergov xodimlari hafta boshida Navalniyning Moskvadagi shtabida tintuvlar o‘tkazishgan, polisiyachilar omborxonaga ham kirgan, faollarning so‘zlariga ko‘ra, ulardan saylovoldi varaqalari tortib olingan.
Navalniyning safdoshi bo‘lmish Leonid Volkovning aytishicha, polisiya reydlari keyingi kunlarda mamlakatning boshqa shaharlaridagi shtablarda ham davom etgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi