Poroshenko MiG-29 qiruvchi samolyotida parvoz qildi

  • 05 avgust 2017, 20:03
  • 4 106
  • Dunyo
  • Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko jangovar MiG-29 qiruvchi samolyotini ikkinchi uchuvchi sifatida boshqardi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
    Poroshenko MiG-29 qiruvchi samolyotida parvoz qildi
    «Havo qo‘shinlari kuni bilan harbiy uchuvchilarni tabriklash maqsadida Vinnisa viloyati harbiy aerodromiga MiG-29 samolyotida etib keldim. Ukrainaning mustaqil osmoni mudofaasida turganlarning bariga munosib harbiy xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman», — deyiladi Poroshenkoning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan axborotda.

    Poroshenko harbiy uchuvchilarni Havo qo‘shinlari kuni bilan tabriklab, harbiy texnika va ularni qayta tiklash maqsadlari uchun 1 milliard grivna (taxminan 38 million dollar)dan ziyod mablag‘ ajratilishini e’lon qildi.

    » » Poroshenko MiG-29 qiruvchi samolyotida parvoz qildi