Shahloxonim AQSH va Meksika sayohatini yakunlab,vatanga qaytdi

Shahlo Zoirovaning AQSh va Meksika boʻylab davom etgan bir oylik sayohati nihoyasiga yetdi. Aktrisa uyiga qaytib, farzandlarini bagʻriga oldi va oilasiga qaytgani uchun katta baxt his qilmoqda.
Shahlo Zoirova ijtimoiy tarmoqlarida shunday izoh qoldirdi: "O'zbekistonim, oilamga qaytdik. Alhamdulillah. Jon jonlarim, farzandlarim bag'ridaman. Allohim o'zinga behisob shukur. Sog'inganlarim, ko'zchalaridan, hidlaridan."
Muxlislar aktrisaning uyga qaytgani va farzandlari bilan vaqt o‘tkazishi bilan xursandligini bildirib, unga iliq tilaklar yo‘llamoqda. Shahlo Zoirova sayohat davomida yig‘ilgan xotiralarni esa ijtimoiy tarmoqlar orqali baham ko‘rishni davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing