Saudiya harbiy qudratini namoyish etmoqda: yangi signallar

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi axborot maydonida faollikni oshirib, o‘ziga xos harbiy piar kampaniyasini boshladi. Mamlakatning davlat va xususiy onlayn platformalari orqali Qirollik ixtiyoridagi zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika haqidagi videolar keng tarqatilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi o‘n yilliklar davomida Saudiya Arabistoni asosan AQSHdan xarid qilingan zamonaviy harbiy arsenallarni jamoatchilikka namoyish etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Videolarda ilg‘or qurol tizimlari, aviatsiya va zamonaviy harbiy texnika imkoniyatlari yorqin tasvirlangan.
Mutaxassislar fikricha, bunday axborot siyosati orqali Ar-Riyod nafaqat o‘z harbiy salohiyatini ko‘rsatmoqda, balki mintaqadagi raqiblariga ham muayyan signal yubormoqda. Xususan, bu kabi materiallar Tehronga Qirollikning o‘z xavfsizligini ta’minlashga to‘liq tayyor ekanini anglatuvchi ishora sifatida baholanmoqda.
Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu kabi media faollik geosiyosiy vaziyat keskinlashayotgan bir paytda axborot orqali ta’sir o‘tkazish usuli sifatida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!