Rafael Benites: Nima uchun «Real»ni himoyaviy jamoa deyishlariga tushunmayman

  • 29 avgust 2015, 10:48
  • 3 761
  • Dunyo
  • Rafael Benites: Nima uchun «Real»ni himoyaviy jamoa deyishlariga tushunmayman

    Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoani himoyaviy o‘yin namoyish etishda ayblayotganlarga e’tiroz bildirdi.

    «To‘g‘ri, OAV odamlarga qandaydir ma’lumot berishi shart. Ammo ularda yozilganlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, jamoada kuchli zarbaga ega bo‘lgan tezkor va bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan futbolchilarning bo‘lishi muammodek ko‘rinadi. Ammo tarkibda Beyl, Ronaldu, Xames, Benzema va Iskolarning borligi ajoyib holatku.

    Shuningdek har bir o‘yindan so‘ng turli suhbatlar tashkil etilishi ham meni hayron qoldiradi. Biz durang o‘ynaganimiz hamono odamlar himoyaviy futbol haqida gapirishni boshladilar. Ammo Ispaniya chempionati birinchi turida qaysi jamoa darvoza tomon eng ko‘p zarba berganini bilasizmi? «Real»!

    Agarda darvoza tomon eng ko‘p zarba bergan bo‘lsang va shu bilan birga himoyaviy jamoa bo‘lsang, men taslimman. Ammo bilib qo‘ying, durang - bu himoyaviy o‘yin namoyish etildi, degani emas. Shunchaki biz hujumda noaniq harakat qilganimizni bildiradi», - deydi Benites.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rafael Benites: Nima uchun «Real»ni himoyaviy jamoa deyishlariga tushunmayman