Qozog’istonlik erkak yuvilmagan idishlar sabab onasini o’ldirib qo’ydi

  • 17 noyabr 2017, 16:54
  • 7 157
  • Dunyo
  • Қозоғистонлик эркак ювилмаган идишлар сабаб онасини ўлдириб қўйди
    Astana shahrida istiqomat qiluvchi erkak 75 yoshli o’z onasini bo’g’ib o’ldirib qo’ydi. Bu haqida “Nur.kz” nashri xabar bermoqda.

    Ayol ishdan uyga qaytgan o’g’lini xonadon tozaligiga bee’tibor ekanligi va yuvilmagan idishlar uchun koyigan, o’zi esa yoshi va salomatligi tufayli mazkur ishlar bilan shug’ullana olmagan.

    Natijada ona va o’g’il orasida janjal kelib chiqqan, erkak esa onasiga musht tushirishga kirishgan. Berilgan ko’plab zarbalardan so’ng erkak ayolni yostiq bilan bo’g’ib o’ldirgan.

    Erkak sodir etgan jinoyati uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qozog’istonlik erkak yuvilmagan idishlar sabab onasini o’ldirib qo’ydi