date

Pokiston Eron va AQSH o‘rtasida vositachilikka tayyorligini bildirdi

Pokiston Eron va AQSH o‘rtasida vositachilikka tayyorligini bildirdi

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Islomobod Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan mazmunli va amaliy muzokaralarni tashkil etish uchun maydon taqdim etishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bosh vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Pokiston urushni bartaraf etishga qaratilgan muloqotlarni davom ettirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni olqishlashini bildirgan. Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi ommaviy axborot vositalarini turli taxminlardan tiyilishga chaqirib, rasmiy ma’lumotlarni kutishga undagan.

Ma’lum qilinishicha, 23-mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar o‘tkazilishi mumkinligini bildirib, energetika obyektlariga hujumlar bo‘yicha besh kunlik tanaffus joriy etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, maxsus elchi Stiv Uitkoff va Jared Kushner Erondagi muhim shaxs bilan muloqot o‘tkazgan.

Biroq Tehron rasmiylari Vashington bilan har qanday aloqalarni inkor etgan. Axios manbalariga ko‘ra, Turkiya, Misr va Pokiston so‘nggi vaqtlarda vositachi sifatida ishtirok etgan. The Express Tribune nashri esa Islomobod AQSH delegatsiyasi qatnashishi mumkin bo‘lgan muzokaralar uchun ehtimoliy manzil sifatida ko‘rib chiqilayotganini xabar qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston Eron va AQSH o‘rtasida vositachilikka tayyorligini bildirdi