date

Eron bilan bo'layotgan ziddiyat Trampning xalq orasidagi obro‘siga zarar yetkazdimi?

Eron bilan bo'layotgan ziddiyat Trampning xalq orasidagi obro‘siga zarar yetkazdimi?

AQSh prezidenti Donald Trampning qo‘llab-quvvatlash reytingi Yaqin Sharqdagi mojaro fonida keskin pasayib, rekord darajaga – 36 foizga tushdi. Bu ko‘rsatkich Tramp prezidentlikka qaytgan ilk oylarida 47 foiz, Yaqin Sharqdagi ziddiyat boshlanishidan oldin esa 40 foizni tashkil qilgan edi.

Reuters/Ipsos so‘rovi natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 25 foizi Trampning narx-navoni boshqarish siyosatini qo‘llab-quvvatlagan, iqtisodiy masalalarda esa faqat 29 foiz amerikalik Oq uy rahbarini ma’qullagan. Shu bilan birga, 61 foiz aholining fikricha, AQShning Eron bilan bo‘lgan harbiy harakatlari noto‘g‘ri bo‘lgan.

Aholining 63 foizi esa AQSh iqtisodiy holatini «zaif» deb baholagan. Mutaxassislar fikricha, reytingning pasayishiga asosiy sabablar sifatida Eron bilan mojarolar va benzin hamda yashash xarajatlarining oshishi ko‘rsatiladi.

Muhim jihat shundaki, Tramp saylov kampaniyasi davomida «yangi urushlardan qochish» va’dasini bergan edi. Ammo Eron bilan ziddiyat va neft narxlarining oshishi uning siyosiy pozitsiyasiga sezilarli bosim o‘tkazmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron bilan bo'layotgan ziddiyat Trampning xalq orasidagi obro‘siga zarar yetkazdimi?