17:39 / 20.01.2018
6 456

Xitoylik qandolatpaz aql bovar qilmas darajadagi mukammal tortlari bilan shuhrat qozonmoqda

Xitoylik qandolatpaz aql bovar qilmas darajadagi mukammal tortlari bilan shuhrat qozonmoqda
Uning mehnati bilan yaratilgan qandolatchilik namunalarini bir qarashda mohir haykartaroshlik ishlarini yodga soladi.

Xitoylik qandolatpaz Chjou Yi o’z ijodiga mansub bo’lgan ushbu tortlarni bugungi kunda pazandachilik sohasida yetarlicha ommalashgan shakarli mastika bilan bezaydi. Yining aytishicha, ushbu mahsulotdan 6 yildan buyon o’z ishlarini yaratishga foydalanadi va undan har qanday shaklni yasay oladi.

Internet olamida tobora mashhurroq bo’lib borayotgan qandolatchi Buyuk Britaniyada o’tkazilgan qandolat mahsulotlari va shirinlik ko’rgazmasiga o’z yordamchilari bilan birgalikda tashrif buyurib, 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo’lga kiritib ulgurdi.

Xabar berilishicha, hakamlar hay’atiga Xitoy milliy san’atidan ilhomlangan holda yaratilgan tortlar hammasidan ham ko’ra ko’proq yoqqan. Qandolatchi o’zining ushbu yutuqlari bilan faxrlansa arziydi, zero bugungi kungacha shu kabi yo’nalishdagi tanlovlarda Xitoy mamlakati bunchalar ko’p mukofot olmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik qandolatpaz aql bovar qilmas darajadagi mukammal tortlari bilan shuhrat qozonmoqda