Avstraliyada baliqchi o‘z qayig‘ida ko‘plab timsohlar yashaydigan hududda sayozlikka botib qolgan va ikki kundan keyingina qutqarib olingan. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, erkak Viktoriya daryosi bo‘ylab baliq ovlashga yo‘l olgan, biroq suvning ortga qaytishi vaqtida kuchli oqimga tushib, sayozlikka o‘tirib qolgan. 12 soatdan keyin suv ko‘tarilgan, biroq suvning chuqurligi qayiqni sayozlikdan chiqarishga kamlik qilgan. Shu sababli baliqchi qayiqda keyingi kungacha qolishga majbur bo‘lgan. Navbatdagi suv ko‘tarilishi hattoki qayiqqacha ham yetib bormagan.
Shunda baliqchi vaziyatdan mustaqil chiqib keta olishiga ko‘zi yetmay, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Baliqchi 23 ming dollarlik qayig‘ini sayozlikda qoldirishni istamagani sabab politsiya vertolyoti qayiqni daryoga tortib borishiga kelishib olgan.
Qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan va baliqchi o‘z uyiga eson-omon yetib olgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi