19:09 / 10.05.2018
4 764

Olmaota va Ostonadagi noroziliklar ommaviy hibslar bilan davom etmoqda (video)

Olmaota va Ostonadagi noroziliklar ommaviy hibslar bilan davom etmoqda (video)
Foto: «CA-News»
10 may kuni Olmaota va Ostonada o‘nlab odamlar siyosiy sabablarga binoan ta’qib qilinayotganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ruxsat berilmagan namoyishga chiqishdi, deb ma’lum qiladi Xabar nashri.

Ostonadagi Yevropa davlatlarining diplomatik vakolatxonalari joylashgan Kosmonavtlar ko‘chasida to‘plangan o‘nlab odamlar «Siyosiy mahbuslarga ozodlik!», «Bostandiq!» («Ozodlik!»), «Sharmandalik!» deya baqirdilar.

Olmaotada ertalab o‘nlab odamlar opera va balet teatri yaqinidagi piyodalarga mo‘ljallangan ko‘chaga kelishdi. Ular qo‘llarida Qozog‘iston xuquq himoyachilari tomonidan siyosiy mahbus deya ta’rif beriladigan insonlarning suratlarini hamda qiynoqlarni to‘xtatish borasidagi chaqiriqlarni ko‘tarib olishgan edi.

Har ikki shaharda noroziliklar vaqtida hibsga olishlar kuzatildi. Xabarga ko‘ra Olmaotada 80 ga yaqin kishi ushlandi. Tirband ko‘chada hibsga olinganlar orasida politsiyaning harakatlaridan hayratga tushgan, shunchaki o‘tib ketayotganlar ham bor edi.

Politsiya vakillari yuz bergan hodisalarga izoh bermadi, Ostonadagi politsiya xodimlaridan biri izoh «keyinroq bo‘lishi»ni aytdi. Olmaotada politsiya xodimlari izoh uchun ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga murojaat qilish lozimligini aytishdi.

Kuni kecha huquqni himoya qiluvchilar Qozog‘istonda kutilayotgan noroziliklar oldidan bir necha o‘nlab faollar va oddiy fuqarolar politsiyaga chaqirilgani yoki olib kelingani haqida ma’lum qilishgan edi. Norozilik namoyishlarini mamlakatda faoliyati taqiqlangan «Qozog‘istonning demokratik tanlovi» harakati uyushtirdi. Ma’lumki, bu harakatga hozir xorijda yashayotgan sobiq bankir, Qozog‘iston rasmiylarini hamisha tanqid qilib keladigan Muxtor Ablyazov asos solgan. Shu yilning mart oyida Ostona sudi bu harakatni ekstremistik tashkilot deb e’lon qilgan edi.

Ishtirokchilarning so‘zlariga qaraganda, norozilik aksiyasi Qozog‘istonga Yevropa parlamentining rasmiy missiyasi kelishi munosabati bilan o‘tkazildi. Mazkur missiya Qozog‘iston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida erishilgan hamkorlik va hamdo‘stlik to‘g‘risidagi bitim Ostona tomonidan qanday bajarilayotganiga o‘z bahosini berishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaota va Ostonadagi noroziliklar ommaviy hibslar bilan davom etmoqda (video)