23:38 / 07.07.2018
6 023

Eri boshqaga uylanmoqchi bo‘lganini bilgan o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ldirdi

Eri boshqaga uylanmoqchi bo‘lganini bilgan o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ldirdi
Sharja politsiyasi eri uylanmoqchi ekanligidan xabar topganidan so‘ng o‘zini osgan o‘zbekistonlik 43 yashar ayolning o‘limini tekshirmoqda.

Ayolning jasadi 2 iyul kuni Al-Dxayd shahridagi kvartirasida topildi. Uning eng kichigi 1 yosh bo‘lgan 5 nafar farzandi qolgani ma’lum.

Tergov taxminiga ko‘ra, ayol Birlashgan Arab amirliklari fuqarosi bo‘lgan eri marokashlik ayolni nikohiga olish niyatini bildirganidan so‘ng o‘zini o‘ldirgan.

O‘limning aniq sabablari sud-tibbiy ekspertizasidan so‘ng oydinlashadi. Mazkur oilaning yaqinlari va do‘stlari so‘roq qilingani bildirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eri boshqaga uylanmoqchi bo‘lganini bilgan o‘zbekistonlik ayol o‘zini o‘ldirdi