Rossiya dengiz piyoda qoʻshinlari boʻlinmasi flot va aviatsiyaning Oʻrta yer dengizidagi qoʻshma mashgʻulotlari doirasida Suriya sohillariga tashlandi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi muxbiri maʼlum qildi.
Rossiyalik harbiylar Suriyaning Lataqiya viloyatida shartli dushmanning sohilboʻyi plasdarmini egallab olishlari kerak boʻlgan. Dastlab sohilga vertolyotlardan razvedkachilar guruhi tashlangan. Soʻngra dengizdan katta desant kemalaridan bronetransportyorlarda asosiy kuchlar yetib kelgan.
Desant tashlanishini mashq qilishda 26 ta jangovar kema, jumladan uchta katta desant kemasi, “Raptor” katerlari va oʻt ochish bilan qoʻllab-quvvatlash kemasi ishtirok etgan. Desantlarga havodan 24 ta uchish qurilmasi, jumladan Ka-29, Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari, Su-33 va Su-30SM samolyotlari koʻmak koʻrsatgan.
Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qoʻmondoni Vladimir Korolev desantning tashlanishini ramziy ekanligini aytgan. Uning aytishicha, harbiylar oʻz oldilariga qoʻyilgan vazifani munosib tarzda bajarganlar.
1 sentyabrdan 8 sentyabrgacha oʻtgan mashgʻulotlar Rossiya harbiy-dengiz kuchlari va harbiy-koinot kuchlarining Oʻrta yer dengizidagi ilk qoʻshma mashgʻulotlari boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi