USM Holdings asoschisi va egalaridan biri Alisher Usmonov sanksiyalar bilan tadbirkorlarni tarbiyalash kerakmasligini aytdi.
“Men sanksiyalar, jumladan u yoki bu siyosiy jarayonlarga umuman aloqasi boʻlmagan tadbirkorlarni, tarbiyalashning yaxshi usuli, deb hisoblamayman. Bunda aksiyador yoki davlat korporatsiyasi rahbari vazifalarini vijdonan bajarayotgan kishining nima aloqasi bor? Tashkilotni jazolang, odamning nima aloqasi bor?”, deb aytgan Usmonov “Rossiya 1” telekanalida uzatiluvchi “Deystvuyuщiye litsa s Nailey Asker-zade” koʻrsatuvida.
Usmonovning aytishicha, aksariyat hollarda kompaniyalarda aksiyador davlat boʻlib chiqadi.
“Davlatni sanksiyalar bilan tarbiyalash esa XXI asrda inson duch kelayotgan jiddiy chorlovlarga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarni birlashtirish haqida koʻproq oʻylash kerak boʻlgan bugungi dunyo uchun usul emas”, deb qoʻshimcha qilgan Usmonov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi