Zaharli modda yordamida oʻldirilmoqchi boʻlingan GRU sobiq xodimi Sergey Skripal Britaniya razvedkasiga 1990-yillardagi korrupsiya sxemasi haqida maʼlumot bergan, unda FXX sobiq rahbari, Rossiya Xavfsizlik kengashining hozirgi kotibi Nikolay Patrushev haqida soʻz yuritilgan. Bu haqda “Bi-bi-si” jurnalisti Mark Urbanning kitobida aytiladi, deb xabar qilmoqda Kun.uz.
Skripalning oʻtgan yil Urban bilan suhbatda maʼlum qilishicha, Rossiya hukumatidagi juda yuqori mansabdor shaxslar oʻrtasidagi korrupsiya holatlari boʻyicha maʼlumotlar “juda jiddiy” boʻlgan. Sobiq josusning bildirishicha, dengiz zobitlaridan biri Rossiya tashqi razvedkasiga ishlagan va, xuddi oʻzi kabi, Gʻarbga maʼlumot berish chogʻida ushlangan. 2004 yilda, Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan soʻroq qilingandan soʻng, zobit harbiy gospitalda oʻlik holda topilgan. Rasmiy ravishda uning oʻlimi oʻz joniga qasd qilish, deb aytilgan, ammo uning qoʻlida bir necha barmoqlari boʻlmagan, deyiladi kitobda. Britaniya razvedka xizmatlarining fikricha, Skripal shunday taqdirdan qochishga muvaffaq boʻldi, sababi soʻroqlarda Patrushevga olib boradigan korrupsiya sxemasi haqida aytmagan.
Urbanning yozishicha, Skripal SSSRning parchalanishidan xafa boʻlgan va Rossiya Federatsiyasiga xizmat qilishni xohlamagan. Ammo GRU malakali mutaxassisga muhtoj boʻlgan, shuning uchun 1992 yilda uning isteʼfosi qabul qilinmagan va Madriddagi ishga yuborilgan. Toʻrt yil oʻtgach Skripal Britaniyaning MI6 razvedka xizmatiga Madriddagi GRU qarorgohida roʻy bergan tizimli poraxoʻrlik haqida maʼlumot topshiradi. Uning soʻzlariga koʻra, zobitlar xarid qilingan narsalar uchun ortiqcha pul toʻlashgan va qator xarajatlarni shunchaki oʻylab topishgan, ulush esa unvon boʻyicha yuqori turuvchilarga berilgan.
Urbanning “Skripal ishi: rossiyalik josus hayoti va deyarli oʻlimi” kitobi Qoʻshma Shtatlarda 2 oktyabr, seshanba kuni chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?