10:32 / 23.01.2019
9 742

100 yil avval barcha musulmonlar ustidan tuzilgan reja

100 yil avval barcha musulmonlar ustidan tuzilgan reja
Mashhur oriyentalist, fransiyalik olim, professor Bernard Carra de Vaux (1867-1953), “La Republic française“ gazetasiga yo‘llagan javobida G‘arb mustamlakachi hukmron kuchlarining musulmon o‘lkalari ustidan nazoratni saqlab qolish uchun amalga oshirishi kerak bo‘lgan ba’zi “tavsiya”larni beradi.

1911 yilda berilgan ushbu tavsiyalarni o‘qib chiqib, musulmonlarning bugungi hayoti bilan solishtiring va G‘arb bu tavsiyalarni qanchalik o‘zlashtirgani haqida o‘zingiz baho bering:

Mustamlakachilik vaqtni talab qiladigan tijorat bo‘lib undagi har qanday noto‘g‘ri harakat halokatli bo‘lishi mumkin. Nasroniylik dunyosi uchun butun Islom dunyosi bilan aloqalaridagi ijobiy ko‘rinishni men quyidagi shaklda ko‘rsatgan bo‘lardim:

Men Islom olamini firqalarga bo‘lib tashlashimiz, uning ma’naviy yaxlitligiga zarba berishimiz, bunda ularning azaldan siyosiy va milliy xilma-xil ekanligidan unumli foydalanishimiz kerak deyman. Bittasi sudanlik, boshqasi xitoylik, yana biri fors yoki malay va boshqa-boshqa irqlarga xos Islomning o‘zaro farqli jihatlari bo‘lishi aniq. Biz turli musulmon irqlar orasida o‘zaro farqli jihatlar mavjudligiga shunday urg‘u berishimiz kerakki, bu ularda millatchilik kayfiyatini qo‘zg‘ashi va diniy birodarlik tushunchalarini so‘ndirishi kerak.

Keling siyosiy vaziyatlardan unumli foydalanamiz. Bugungi kunda Britaniya tomonidan boshqarilayotgan Misr, misol uchun, Fransiya hukmronligidagi qo‘shnisi Sudandan yoki mustaqil Arabistondan ma’naviy jihatdan yuztuban farqli bo‘lishi kerak. Kelinglar Misrni Afrika musulmonlari va Osiy musulmonlari o‘rtasidagi to‘siq xoliga aylantiramiz. Boshqacha qilib aytganda, Islomni qismlarga ajratamiz.

Ko‘pgina bid’at amallar etnik xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ma’lum hududlarga moslashishi osonroqdir. Bahoiylik, liberal qarashlarga ega o‘ziga xos din sifatida, Fors o‘lkasida targ‘ib qilinishi, kerak bo‘lsa, qo‘shni Afrika hududlariga ham tanishtirilishi kerak.

Turli fikrlar ustida birlashgan musulmon birodarlar ham, ba’zilari liberalizmga boshqasi fanatizmga moyil bo‘lsalar, ularni bir-birlariga qarshi qo‘yib, ba’zi hollarda bunisini, boshqa payt unisini qo‘llab turaylik. Bunday siyosat ba’zi mahalliy miqyosda kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, ammo, keng miqyosda, tabiatan Islomni zaiflashtirish, uni holdan toydirish, karaxt holga keltirish va buyuk uyg‘onishdan abadiy mosuvo qilishga xizmat qiladi.

Baron CARRA DE VAUX

Bundan yuz yil avval siz va biz, umuman barcha musulmonlar ustidan tuzilgan ushbu reja haqida o‘ylab ko‘ring va bugungi musulmonlarning ahvoliga qarang. Siz va biz o‘zaro talashib-tortishishlarimiz, turlicha dunyoqarashlarga ega ekanligimiz, milliy qadriyatlarimizdagi tafovutlar, milliylashgan islomimiz qachonlardir ota-bobolarimiz choyxonalarda chilim chekib, dunyo lazzatlari haqida maza qilib suhbat qurib o‘tirganlarida, qaysidir davralarda qizg‘in muhokamalar qilingan va rejalashtirilgan. Xatoni takrorlamaslik kerak.

Qaysi millat o‘zining kelajagi haqida qayg‘urmas ekan, uning kelajagi haqida boshqalar “qayg‘uradi”.
Said Komil XOLXO‘JAYeV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 100 yil avval barcha musulmonlar ustidan tuzilgan reja