Ukraina prezidentligi uchun nomzod Vladimir Zelenskiy ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lishi yanada oydinlashmoqda. Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda ovozlarning 90 foizi qayta ishlab chiqilgan va unga ko‘ra Zelenskiy 73,19 foiz ovoz to‘plagan, amaldagi prezident Pyotr Poroshenko esa 24,6 foiz ovoz olgan.
21 aprel kuni o‘tkazilgan saylovda ovoz berish jarayoni yakunlanganidan keyin Milliy ekzit-pol dastlabki natijalarni e’lon qilgan, unga ko‘ra Zelenskiy 73 foiz atrofida ovoz olib g‘olib bo‘lishi aytilgandi.
Zelenskiy o‘z shtabida g‘alabani nishonlashga ulgurgan.
«Biz buni birgalikda uddaladik... Hozircha men rasman prezident emasman, ammo Ukraina fuqarosida gapirishim mumkin. Men barcha postsovet davlatlariga aytaman: Bizga qarang - barchasining imkoni bor!», degandi bo‘lajak prezident.
Pyotr Poroshenko esa mag‘lubiyatini tan olib, raqibini g‘alaba bilan tabriklashini aytib o‘tgan.
«Ekzit-pol natijalari barchasini ko‘rsatib turibdi. Natijalarga asoslangan holda raqibimni tabriklashim mumkin», degan u. Shu bilan birgalikda, Ukrainaning amaldagi prezidenti lavozimdan ketsada, siyosatda qolishini ma’lum qilgan.
Saylovda 16 million nafarga yaqin ukrain ishtirok etdi. Bu esa davomat 63 foizga yaqin bo‘lganini ko‘rsatadi. Zelenskiy deyarli barcha oblastlarda ustun keldi, faqat g‘arbdagi Lvov oblastida Poroshenko nisbatan ko‘proq ovoz oldi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi