Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Yevropa Ittifoqi bilan kelishuvsiz Brexit’ni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Qonun loyihasi shundan keyin kuchga kirdi. Endi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan 31 oktyabrda chiqishi bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Brexit 3 oyga – 2020 yil 31 yanvarigacha qoldiriladi. Ta’kidlanishicha, bu qarorga Britaniya bosh vaziri Bori Jonson qarshi chiqmoqda.
Rasman Britaniya Yevropa Ittifoqi tarkibidan 2019 yil 29 martda chiqishi kerak edi. Biroq britaniyalik siyosatchilar bitim bo‘yicha murosaga kelisha olmagan, bu esa hukumat inqiroziga va Tereza Meyning bosh vazir lavozimini tark etishiga olib kelgan.
Boris Jonson Britaniyaning yangi bosh vaziri sifatidagi 23 iyuldagi ilk nutqida qirollik har qanday vaziyatda joriy kuzda Yevropa Ittifoqini tark etishini aytgandi. U tomonidan buning uchun oxirgi muddat qilib 31 oktyabr belgilangan. London Brexit oqibatlarini silliqlashga imkon beruvchi o‘zaro manfaatli kelishuv ishlab chiqish uchun Bryusseldan muhlat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi