00:37 / 24.09.2019
3 520

Ukraina prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashishning antiqa yo‘lini taklif qildi

Ukraina prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashishning antiqa yo‘lini taklif qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fuqarolarga korrupsiyaga qarshi fleshmob o‘tkazishni taklif qildi. U feysbukdagi sahifasida videomurojaat joylab, birgalikda qonunbuzarlarga qarshi kurashga chorlagan.

“Agar korrupsiyaga ko‘z yumsak, biz hech qachon uni yenga olmaymiz. Pora talab qilishyaptimi? Turli yo‘llarni taklif qilishyaptimi? Iltimos, jim turmang”, - degan Ukraina yetakchisi o‘z murojaatida.

U video olish yoki xeshteg qo‘yish shart emasligini ta’kidlagan. Shunchaki “ishonch raqamiga” qo‘ng‘iroq qilib, qonunbuzarlik haqida xabar qilishning o‘zi kifoya. Ushbu fleshmobda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashishning antiqa yo‘lini taklif qildi