Al Hadas telekanalining ma’lumot berishicha, namoyishchilar hukumat vaqtdan yutish uchun bajarib bo‘lmas va’dalarni bermoqda.
Livandagi namoyishchilar bosh vazir Saad Xaririy mahkamasi tomonidan ma’qullangan inqirozga qarshi rejani qabul qilmasliklarini bildirishdi. Al Hadas telekanali namoyishchilar tomonidan qabul qilingan bayonot haqida ma’lumot berdi.
"Hukumat vaqtdan yutmoqchi va bilib turib bajarib bo‘lmas qarorlarni taklif qilmoqda. Biz barchani norozilik namoyishlarida qatnashishga va hukumatning iste’foga chiqishiga erishishga chaqiramiz", - deyiladi unda.
Avvalroq Livan bosh vaziri Saad Xaririy mamlakatdagi moliyaviy inqirozni yechish uchun kompleks chora-tadbirlar va islohotlar o‘tkazilishini, jumladan, hozirgi va sobiq vazir hamda deputatlarning maoshlari 50 foizga kamaytirilishini, moliyaviy inqirozga qarshi kurashish bo‘yicha qator choralar ko‘rilishini e’lon qilgandi.
Al Watan agentligining xabar qilishicha, bosh vazirning nutqidan so‘ng Bayrut markazidagi maydonga yig‘ilgan namoyishchilar "Xalq rejim almashishini talab qiladi!" deb hayqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi