11:23 / 09.11.2019
4 678

Britaniyada vafot etgan otasiga maktub yozgan qizcha noodatiy javob oldi

Britaniyada vafot etgan otasiga maktub yozgan qizcha noodatiy javob oldi
Foto: Daily Mail
Buyuk Britaniyaning Cheshir grafligida yashovchi olti yoshli Holli Morgan marhum otasiga xat yozib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va g‘ayritabiiy javob oldi, deb yozmoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo.

Qizaloqning otasi o‘tgan yili vafot etgan va Hollining ushbu holatga ko‘nikishi qiyin kechgan.

Oktyabrda marhum otasi 47 yoshni qarshi olishi lozim edi. Qizcha dadasini tabriklamoqchi bo‘ldi va tabriknomani pochta orqali jo‘natishga qaror qildi. Konvertdagi manzil degan joyga «Osmondagi dadamga» deb yozib qo‘ydi.

Oradan bir necha kun o‘tgach, Morganlar oilasi pochta qutisidan Hollining nomiga kelgan maktub oldi. Xatda tabriknomaning yulduzlar, fazo ob’ektlari yonidan uchib o‘tib, uning otasiga yetkazilgani yozilgandi.

Qizning onasi pochta xodimlariga ushbu javob xati uchun minnatdorchilik bildirdi va qizining ushbu maktubni o‘qigan vaqtida juda xursand bo‘lganligini ta’kidladi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada vafot etgan otasiga maktub yozgan qizcha noodatiy javob oldi