09:23 / 05.12.2019
3 955

Kimchenobod. Shimoliy Koreya yetakchisi «orzudagi shahar»ni qurib berdi (foto, video)

Kimchenobod. Shimoliy Koreya yetakchisi «orzudagi shahar»ni qurib berdi (foto, video)
Shimoliy Koreyada 2 dekabr kuni Samchjiyon ma’muriy hududida Samchjiyon nomli yangi qurilgan shaharning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shahar 4 ming oila yashashi uchun mo‘ljallab qurilgan, hududda mehmonxonalar, tog‘-chang‘i trassasi (muqaddas hisoblanadigan Pektusan tog‘i etagida), shuningdek, tibbiyot, madaniy va savdo markazlari mavjud.

Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) shaharni sotsializm davrida qurilgan yangi taraqqiyot belgilariga ega qurilish namunasi deb atagan. BBC News’ning yozishicha, qurilishga asosan mehnat lagerlaridagi mahkumlar jalb etilgan.

Samchjiyondagi tantanali ochilish marosimida minglab odamlar, jumladan partiyalar rahbarlari, hukumat a’zolari va shaxsan KXDR yetakchisi Kim Chen In ham qatnashgan. Xabar berishlaricha, yangi shaharning loyihasini ishlab chiqishga ham, uning qurilishiga ham shaxsan Kim Chen In rahbarlik qilgan.

Foto: KCNA
E’lon qilingan rasmiy fotosuratlarda hukumat delegatsiyasi vakillari mahsulotlarga to‘la do‘konda turgani aks etganini ko‘rish mumkin.

Foto: KCNA
«Yashasin» hayqirig‘i bilan tantanali mushakbozlik o‘tkazildi va havo sharlari samoga uchirilib, Samchjiyon markazi osmonini bezadi.

Foto: KCNA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kimchenobod. Shimoliy Koreya yetakchisi «orzudagi shahar»ni qurib berdi (foto, video)