07:01 / 11.12.2019
3 075

Antarktidaga ketayotgan Chili samolyoti bortidagi 38 kishi bilan gʻoyib boʻldi

Antarktidaga ketayotgan Chili samolyoti bortidagi 38 kishi bilan gʻoyib boʻldi
Bortida 38 kishi bo‘lgan harbiy samolyot Antarktidaga ketayotgan paytda g‘oyib bo‘ldi, deya xabar beradi Chili havo kuchlari. Yo‘qolganlar orasida 17 ekipaj a’zosi va 21 yo‘lovchi bor edi.
Ular Antarktidadagi Qirol Jorj orolidagi harbiy bazani logistika bilan ta’minlash uchun bu parvozni rejalashtirishgan edi. Hozirda qidiruv-qutqaruv missiyasi olib borilmoqda.

Havo kuchlari generali Eduardo Mosqueiraning fikriga ko‘ra, samolyot hech qanday qutqaruv signalini yoqmagan. Ushbu samolyotni boshqargan
uchuvchi katta tajribaga ega bo‘lgan va samolyotni suvga qo‘ndirgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda parvoz paytida havo ham yaxshi bo‘lgani va bu voqeaga havoning ta’siri yo‘qligi isbotlangan.
Havo kuchlari generali Fransisko Torres samolyot Antarktidadagi harbiy bazaga yetib kelmaganidan so‘ng “darhol” qidiruv ishlari boshlanganini aytdi.

Qidiruv ishlarida sakkizta samolyot va to‘rtta kema biriktirilgan. Prezident Sebastyan Pinera o‘zining internet sahifasida «yo‘qotishlardan qo‘rqqanini» aytdi.
U ichki ishlar vaziri Gonsalo Blumel va mudofaa vaziri Alberto Espina bilan birgalikda qidiruvni kuzatish uchun Kerrillos aviabazasiga tashrif buyurdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antarktidaga ketayotgan Chili samolyoti bortidagi 38 kishi bilan gʻoyib boʻldi