date

Isroil armiyasiga katta zarba: tanklar yo‘q qilindi

Isroil armiyasiga katta zarba: tanklar yo‘q qilindi

Amerikalik jurnalist Itan Levin o‘z bayonotida Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashib borayotganini ta’kidladi.

Uning yozishicha, “Hizbulloh” tomonidan Isroil armiyasiga qarshi kuchli zarbalar berilgan. Xususan, bir kun ichida 19 ta tank yo‘q qilingani ma’lum qilinmoqda. Jurnalist hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu yo‘qotishlar qiymati taxminan 95 million dollarni tashkil etgan.

Hizbulloh tomonidan amalga oshirilgan ushbu hujumlar Isroil harbiy kuchlariga jiddiy zarar yetkazgani aytilmoqda. Shu bilan birga, jurnalist Isroil armiyasini tanqid qilib, uni “qog‘oz yo‘lbars”ga qiyoslagan.

Shuningdek, Livan hududidagi to‘qnashuvlar davomida Isroil harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani xabar qilindi. Isroil Mudofaa Armiyasi (SAXAL) ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan askar 21 yoshli shtab-serjant Ori Grinberg ekani aniqlangan.

Mintaqadagi bu kabi to‘qnashuvlar vaziyatni yanada murakkablashtirib, harbiy keskinlikni oshirmoqda. Mutaxassislar esa yaqin kunlarda mojaroning yanada kuchayishi ehtimolini istisno etmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasiga katta zarba: tanklar yo‘q qilindi